Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi
Jamiyat
−
25 iyul 21709 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda bugun, 25 iyul kuni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Tal’at Shuhratovich Valiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining jamoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan. U 2022 yildan beri shu lavozimda ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Administratsiya farmoyishi bilan Bahodir Baxtiyorovich Mahmudov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirilishini ta’minlash va xalqaro gumanitar hamkorlik sho‘’basi mudiri lavozimidan, Shovqiddin Abduvaliyevich Qarshiyev O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati Davlat chegarasi xavfsizligi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilishni ta’minlash sho‘’basi bosh konsultanti lavozimidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilib, Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tashkil qilingandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu oyda esa Prezidentga maslahatchi va vakillar, Prezidenti Administratsiyasi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr