Xatirchidagi do‘konlarga tunda o‘t ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida savdo do‘konlariga o‘t ketdi. Yong‘in tunda sodir bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Gap shundaki, kecha, 8 noyabr kuni soat 23:12 da Navoiy viloyati Xatirchi tumani "Navbahor" mahalla fuqarolar yig‘ini, Ahmad Yassaviy ko‘chasida joylashgan savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji 23:14 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 23:38 da bartaraf etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida kiyim-kechak, maishiy texnika, chinni-chinovor va boshqa do‘konlarning 120 kv metr maydonda do‘kon jihozlari, mahsulotlari, shift va tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘indan imoratlarining 1500 kv metr maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

79

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing