Xatirchida maktab binolarini sotib yuborgan mansabdorlar jazosiz qoldimi?
3-sahifa
−
03 noyabr 2023
5451Avvalroq ijtimoiy tarmoqda Xatirchi tumani 43-maktab binosi (bahosi 415 mln so‘m) ruxsatsiz buzib, sotib, talon-taroj qilib yuborilgani, oqibatda tuman xalq ta’limi bo‘limning ekspluatatsiya xodimi X.X. ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingani, biroq bo‘lim rahbari Z.M. aybsiz deb topilgani haqidagi xabar tarqalgandi.
Bunga Navoiy viloyati prokuraturasi o‘zining rasmiy munosabatini bildirdi.
Unga ko‘ra, Xatirchi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslariga tuman hokimligi balansiga o‘tkazilgan “Yangi qurilish” mahallasi hududida joylashgan 43-sonli maktabning bo‘sh turgan eski binosining noqonuniy buzib tashlanishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
"Dastlabki tergov natijasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan X.X., Sh.T. va M.B.larga nisbatan ayblov xulosasi sudga yuborilib, Xatirchi tuman sudining hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilarga tegishli jazo tayinlangan", deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, Xatirchi tumanidagi 73-sonli umumta’lim maktabi mansadbor shaxslari maktabning foydalanishga yaroqsiz deb topilgan, ammo balans qiymati 391,5 mln so‘m bo‘lgan binolarni o‘zboshimchalik bilan buzgani yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi bilan javobgarlikka tortilgan.