Xarkovdagi portlashda chegarachi halok bo‘ldi
Olam
−
31 avgust 2019
4323Ukrainada chegara xizmati xodimi sodir bo‘lgan portlash da halok bo‘ldi, deya xabar beradi, RIA Novosti.
Hodisa kecha, 30 avgust kuni Xarkov viloyatining Volchanskiy tumanida ro‘y berdi, u yerda harbiy xizmatchilar tarkibi Rossiya chegarasi yaqinida bo‘lgan.
Askarlar ovqatni isitish paytida noma’lum portlovchi moslama ishga tushgan va natijada shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi bo‘ynidan jarohat oldi.
Uning hamkasbi yaradorga birinchi yordamni ko‘rsatib, bo‘limga xabar bergan. Kasalxonaga ketayotib, 35 yoshli chegara nazoratchisi tez yordam mashinasida vafot etdi.
Portlash sodir bo‘lgan joyda tergovchilar ishlamoqda.
LiveBarchasi