Xanchjou-2022. O‘zbekistonlik o‘q otuvchilar kumush medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlarida bugungi kun hisobidan ilk medalni qo‘lga kiritdi. 10 metrga pnevmatik miltiqdan otish bo‘yicha aralash jamoaviy dasturda ishtirok etgan Javohir Sohibov va Muxtasar Tohirova juftligi kumush medalga ega chiqdi.

Saralashdan ikkinchi natija bilan o‘tgan o‘zbekistonlik merganlar oltin medal uchun kechgan bahsda xitoylik juftlikka imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar Osiyo o‘yinlarida 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, mazkur dasturda Xitoydan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari Xanchjou-2022 o'q otuvchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing