Xanchjou-2022. Do‘smatovning jangi muddatidan avval yakunlandi (video)

Sport

image

Bugun, 25 sentyabr kuni Xanchjou shahri mezbonlik qilayotgan XIX Osiyo o‘yinlarining boks bo‘yicha bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston vakili Hasanboy Do‘smatovning jangi muddatidan avval yakunlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Shaxzod Shukurov xabar berdi. 

Unga ko‘ra, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov Osiyo o‘yinlaridagi yurishini ajoyib g‘alaba bilan boshladi. Mazkur jangda u janubiy koreyalik Sexeong Joga qarshi ringga ko‘tarilib, yaqqol ustunlik bilan g‘alabaga erishdi. 

Jangning ikkinchi raundida shifokorlar Hasanboyning kuchli zarbalarini qabul qilib olgan Janubiy Koreya vakiliga jangni davom ettirish uchun ruxsat bermagan. Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschi keyingi bosqichga muddatidan avval yo‘l oldi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Osiyo o'yinlari Hasanboy Do'smatov Xanchjou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made