Xanchjou-2022. Charos Qayumova bronza medali sohibi bo‘ldi
Sport
−
26 Sentabr 2023
2060Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan XIX Osiyo o‘yinlarining bugungi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi navbatdagi medalga ega chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 26 sentyabr kuni musobaqaning taekvondo dasturida bahsga kirishgan Charos Qayumova o‘z nomini sovrindorlar qatoriga yozdirib qo‘ydi. -53 kg vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi yarim finalda Xitoy Taipeyi vakilasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medali bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, bu bilan O‘zbekistonlik taekvondochilar jamg‘argan medallar soni uchtaga yetdi.