Xanchjou-2022. Bokschi Nigina O‘ktamova bronza medalini qo‘lga kiritdi
Sport
−
03 Oktabr 2023
2452Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida bokschi Nigina O‘ktamova yarim finalda shimoliy koreyalik raqibasiga imkoniyatni boy berib, bronza medali bilan kifoyalandi.
-54 kg vazn toifasida qatnashgan Nigina O‘ktamova KXDR vakilasi Cholmi Pangga qarshi jang qildi va 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, u Osiyo o‘yinlarini bronza medali bilan yakunladi. Ma’lumot uchun, Nigina O‘ktamova Parij Olimpiadasi uchun litsenziyani qo‘lga kiritib ulgurgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq baydarka va kanoeda eshkak eshish bahslarida ayollar jamoasi ham ishtirok etgandi. 200 metrga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha juftlik bahslarida startga chiqqan Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova juftligi bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.