Xames Rodriges joriy klubni tark etdi
Sport
−
22 iyul
3236“Real” va “Bavariya”ning sobiq yarim himoyachisi Xames Rodriges Braziliyaning “San-Paulu” bilan shartnomasini bekor qildi va erkin agentga aylandi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi Yevropaga qaytishni istamoqda va top-5 chempionatdan taklif kutmoqda.
Kolumbiyalik futbolchi 2023 yilning iyul oyida erkin agent sifatida Braziliyaning “San-Paulu”siga o‘tgandi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, biroq 33 yoshli yarim himoyachi muddatidan avval shartnomani bekor qildi. Rodriges joriy mavsum klub safida 8 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
Kolumbiya terma jamoasi safida Xames Rodriges Amerika Kubogi-2024'ning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Turnirning 6 ta uchrashuvida futbolchi 1 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.