XAMAS isroillik harbiylarni ayollar yordamida aldamoqchi bo‘ldi
Olam
−
07 mart 2020
7894Isroil armiyasi Falastinning XAMAS harakati tomonidan uyushtirilgan kiber hujumning oldini oldi. Xakerlar chiroy qizlarning suratlari joylashtirilgan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar orqali Isroil askarlari telefoniga kirishga harakat qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Ta’kidlanganishicha, falastinliklar isroillik harbiylarning telefoniga josuslik virusini kiritishga harakat qilgan. Xakerlar ijtimoiy tarmoqlarda qizlar niqobi ostida zararli dasturni yuklab olishni taklif qilgan.
Isroil armiyasining matbuot xizmati rahbari Yonatan Konrikusning so‘zlariga ko‘ra, XAMAS ilk marta harbiylar bilan gaplashishlari yoki ularga audioxabarlar yuborish maqsadida ayollarning ovozlaridan foydalangan.
Isroil armiyasining qayd etishicha, ayg‘oqchi dasturda masofadan suratga tushirish imkoniyati bo‘lgan. Kiber hujum daf etilgan.
LiveBarchasi