Xalq tanqidiga uchragan Turkiya IIV rahbari ishdan ketishga qaror qildi
Olam
−
13 aprel 2020
6901Turkiyada koronavirusga qarshi kurash doirasida qator provinsiyalarda e’lon qilingan komendantlik soati sabab ko‘plab fuqarolar tomonidan mamlakat IIV rahbari Sulaymon Soylu ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, uning ushbu arizasi Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilinmagan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Davlat rahbari ma’muriyatining ta’kidlashicha, Soylu o‘z ishida davom etadi.
Bundan tashqari, IIV rahbari terrorizmga qarshi kurashda va mamlakat sharqidagi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda katta hissa qo‘shgani qayd etilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Turkiyadagi 31 provinsiyada 11 va 12 aprel kunlari komendantlik soati e’lon qilingan edi.
LiveBarchasi