Xalq ta’limi bo‘limi hisobchisi 623 mln so‘mni talon-taroj qildi
Jamiyat
−
28 noyabr 2019
9680Toshkent viloyati Bo‘ka tumani xalq ta’limi bo‘limida yirik miqdordagi byudjet mablag‘larining talon-taroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘ka tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman xalq ta’limi bo‘limi bosh hisobchisi J.M. va boshqalar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga zid ravishda haqiqiy bahosi 3,3 mln so‘m bo‘lgan kompyuter to‘plamlarining hujjatlarini soxtalashtirgan holda qimmat narxlarda hisoblagani aniqlandi. Ular jami 375 ta kompyuter to‘plamlarini xarid qilishib, 623,7 mln so‘m byudjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan J.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi