“Xalq so‘zi” muxbiri va yana uch qurbon: YTHga haydovchining uxlab qolishi sabab bo‘lgan
3-sahifa
−
24 Sentabr 2021
9904Joriy yilning 19 sentyabr kuni Xorazmda salonida “Xalq so‘zi” gazetasi muxbiri va yana uch yo‘lovchi bo‘lgan avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchrab, halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Xorazm viloyati IIB Matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan lahvada ta’kidlanishicha, avtohalokatga avtomobil haydovchisining uxlab qolishi sabab bo‘lgan.
Mazkur yo‘l transport hodisasi joriy yilning 19 sentyabr kuni soat 23:35 da Xorazm viloyati, Tuproqqal’a tumani, Sarimoy qishlog‘i hududidan o‘tgan A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 493-kilometrida yuz bergan. Haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi Tacuma rusumli hamda haydovchi, 1970 yilda tug‘ilgan B.M. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli avtomobillari to‘qnashgan.
Oqibatda Tacuma rusumli avtomobil haydovchisi A.M. hodisa joyida, ushbu avtomobil yo‘lovchilari S.M. shifoxonaga olib ketilayotganda, R.J. va A.Q. shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Tuproqqal’a tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi