Xalq qabulxonasiga yangi boshliq tayinlandi
Jamiyat
−
01 aprel 3535 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Farrux Farhodjonovich Omonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Farrux Omonov 1988 yilda tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bitiruvchisi. U 2019 yil dekabridan 2020 yilning noyabriga qadar Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari, xalqaro hamkorlik va loyihalar kompleksi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 2011-2015 yillarda Moliya vazirligida, 2015-2019 yillarda Savdo-sanoat palatasida ham mehnat qilgan.
2025 yilning iyulida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi axborot ta’minoti va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etilgan.
Live
Barchasi