Tarixiy natija. Navoiyda rekord o‘rnatadigan qurilish boshlandi

Biznes

−

Reklama
0:00

Inson uchun uyli bo‘lish hayotdagi eng katta xursandchiliklardan biri, albatta. Art House kompaniyasi esa 2012-yildan beri odamlarga mana shunday quvonchni ulashib kelmoqda.

Kompaniya 14 yil davomida 24 dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli topshirgan. Yillar davomida ulardan mamnun mijozlar soni 25 mingdan ortdi. Biz bilan suhbatlashgan kompaniya mijozlari ham Art House kompaniyasidan uy olib adashmaganini ta’kidlashdi.

“Instagram’da ko‘rib qoldim shu xonadonni. Reklama juda ma’qul bo‘ldi. Shuning uchun yuragim shu yerga tortdi-da. Men 16 yil yotoqxonada yashaganman. Yolg‘iz onaman, uchta qiz farzandim bor. Faqat niyat qilardim: qizlarimni shunday chiroyli uylardan uzatsam, deb.

Kuni kecha qizimni mana shu xonadondan uzatdim. To‘ylar qildim. Shunaqa niyatim xolis ekan, mashinamning raqami 121 edi, xonadonga kelsak, kvartira raqami ham 121 ekan. Hammaga tavsiya qilyapman.  “Navoiyuran”da ishlayman, hammaga tavsiya qilyapman.”

Birinchi kirganingizda qanday hislar bo‘ldi?

“Tushuntirib bera olmayman. Masalan, ko‘p uylarga bordik, xonalari kichik-kichik edi. Eng asosiysi, bu xonadonning xonalari juda katta, shinam. Qurilishining o‘zi juda yoqdi. Hamma narsa joy-joyida, kelib, qo‘shimcha xarajat qilmadim. Umuman, shunday kirib, gilamlarni to‘shab, yashayapmiz-da”, deydi mijozlardan biri.

Yana bir xaridor nega Art House kompaniyasini tanlaganini aytdi.

“O‘zim sartaroshman. Mijozlarimizdan so‘rab-surishtirdik. Ular ham taniqliroq, ishonchliroq kompaniyaga topshirishni tavsiya qilishdi. Shundan keyin shu Art House kompaniyasiga topshirdik va aytilgan vaqtda xonadonimizni oldik. Xudoga shukur. Yoqmagan narsasi umuman yo‘q. Hammasi yoqdi. Hammasi yaxshi, tinch, chiroyli va mustahkam qurilgan”, deya fikr bildirdi Art House mijozlaridan biri Zohidjon Rahmatov.

Bu oila vakillari ham Navoiy shahrida 15 ming metr kvadratdan ortiq maydonga 7, 8 va 9 qavatli qilib qurilgan “Sputnik” loyihasidan uy olib xursand bo‘lganlar qatorida bo‘lsa, 28 sentyabr kuni kompaniyaning Qiziltepa tumanidan xonadon xarid qilganlar ham ulardan kam quvonmadi. Sababi, shu kuni tumanda 4 ming metr kvadrat maydonda qurilgan 2 ta 5 qavatli binodagi jami 69 ta xonadon o‘z vaqtida, o‘z egalariga topshirildi. Bu jarayonlar esa Navoiy shahrida barpo etilayotgan “Navoiy City”ning yonidagina katta tantana bilan nishonlandi.

“Mana, salkam bir oy oldin biz Toshkent shahrining Uchtepa tumanida “Ko‘kcha Oqtepa” turar joy majmuasini topshirdik. Aholi juda mamnun. Nafaqat biz, balki butun O‘zbekiston, butun xalqimiz bunga guvoh bo‘ldi. Hozirgi kunda esa Navoiy shahrida ham juda katta xursandchilik davom etyapti. Xudoga shukur, xalqning ishonchidan kuch olib ishlayapmiz. Xudo xohlasa, Navoiy shahrida hali bir marta, ikki marta, uch marta emas, juda ko‘p, yuzlab inshootlarimiz bo‘ladi. Keyingi viloyatlarimizda hozircha Xatirchi va Qiziltepa tumanlarida ishlarimiz olib borilyapti. Toshkentning yana turli hududlarida ham inshootlarni barpo etish niyatimiz bor.

Demak, hali uzoq vaqt davomida odamlar “Art House” orqali boshpanali bo‘ladi?

Nasib qilsa, inshaalloh. Bizning eng asosiy maqsadimiz ham shundan iborat. Uy olishni orzu qilib yurgan odamlarga nafaqat uy, balki qulaylik va zamonaviy yashash tarzini ham taqdim qilish”, deydi Art House kompaniyasining sotuv bo‘limi rahbari Dilnoza Odilova.

Bayram tadbiri bejiz “Navoiy City” yonida tashkil etilmadi, sababi Art House o‘zining 16 qavatdan iborat naqd 24 ta yangi binosini shahar ichidagi shaharda quryapti. Bundan ham qizig‘i, kompaniya Navoiydagi eng baland binolarni qurishni ham o‘z zimmasiga olgan.

“Navoiy viloyati, Navoiy shahrida 25 va 29 qavatli binolar qurilishi, Xudo xohlasa, birinchilardan bo‘ladi. Bizning kompaniyamiz bu mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, ushbu katta loyihani boshladi.

Bu loyihaga chet ellik mutaxassislar, loyihachilar, geodezistlar va qurilish sohasidagi barcha kerakli mutaxassislarni jalb qildik. Yer qatlamini o‘rganishdan boshlab, eng yuqori qavatni yakunlashgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni ishlab chiqdik. Shundan so‘ng, Xudo xohlasa, Navoiyda ham 25 va 29 qavatli binolar qurish mumkin, degan qarorga keldik.

Biz bunga, Xudo xohlasa, birinchilardan bo‘lib qo‘l urdik. Inshaalloh, bu loyihani uddalaymiz.

Qayerdan olasizlar bunday ishonchni?

Bu ishonch, avvalo, mijozlarimizning bizga bo‘lgan ishonchidan keladi. Ularning bizga bo‘lgan ishonchi bizga ruh bag‘ishlaydi, kuch beradi. Biz ham mijozlarimizning ishonchini oqlash maqsadida, Xudo xohlasa, o‘z kuch va imkoniyatlarimizni namoyon qilamiz”, deya ta’kidladi Art House kompaniyasining moliyaviy ishlar bo‘yicha direktori.

Undan tashqari, kompaniya shaharning “Shabada” ko‘chasida 3 ta 16 qavatli bino qurmoqda, ularni ham dekabrga qadar o‘z egalariga topshirish rejalashtirilgan. Bu ham hali hammasi emas. Viloyatning “Xatirchi” tumanida “Art House” o‘zining 7 qavatli, 54 ta xonadondan iborat yana bir binosini barpo etmoqda.

Xullas, 14 yildan beri xalqni rozi qilishni o‘ziga shior qilib olgan kompaniya respublikamizning ko‘plab hududlarida o‘zining sifatli, ishonchli va eng muhimi, hamyonbop narxdagi xonadonlari bilan xursand qilishda davom etmoqda.

Reklama huquqi asosida

 

 


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing