Xalq byudjet pullarini quroldan boshqa narsaga sarflashimizni istamaydi – Zelenskiy
Olam
−
23 Sentabr 2023
4223Vladimir Zelenskiy saylovlarga tayyorligi, ammo byudjet mablag‘lari ayni paytda quroldan boshqa maqsadlarga sarflanishini jamiyat qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi. Bu haqda u Kanadadagi matbuot anjumanida so‘z ochdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, urush davridagi saylovlardagi eng katta muammolar kuzatuvchilarning mavjudligi, harbiylar, vaqtincha bosib olingan hududlar aholisi va xorijdagi ukrainaliklar tomonidan ovoz berish hamda saylovoldi tashviqotini moliyalashtirish bilan bog‘liq xavfsizlik masalasidir.
"Agar bugun parlament yoki hukumat pulni quroldan tashqari u yoki bu yo‘nalishga sarflamoqchi bo‘lsa, jamiyat uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor emas. Nafaqat tayyor emas, balki u imkon qadar bunga qarshi, chunki urush ketmoqda. Urush paytida ayrim saylovlarni o‘tkazish qonun bilan taqiqlangan. Men mutlaqo tayyorman. Lekin, xavfsizlik saylovning murakkab elementidir. Birinchi qiyinchilik shundaki, saylovlar demokratik va oshkora o‘tishi kerak. Ular xandaqda qanday ovoz berishadi? Bu shuni ko‘rsatadiki, hamma narsa bomba boshpanalarida bo‘lishi kerak, chunki biz Rossiyani bilamiz, u barchani o‘ldirmoqchi”, degan Zelenskiy.
Ma’lumot uchun, Ukrainada navbatdagi prezidentlik va parlament saylovlari 2024 yilda o‘tkazilishi kerak edi, biroq harbiy holat davrida saylovlar o‘tkazilmaydi.
LiveBarchasi