Xalq banki raisi yangi ishga o‘tkazildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Abdurasul Abdullayev Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “O‘zbekchorvanasl” agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Abdurasul Abdullayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Xalq banki raisi lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni bilan Davlat veterinariya qo‘mitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etilgandi.

“O‘zbekchorvanasl” agentligi Prezident farmoni bilan qayta tashkil etilgan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida tashkil etilgandi. Agentlikdan tashqari Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi ham tuzilgandi.

Abdurasul Abdullayev 1968 yil Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. 1991 yili Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – Buxgalteriya hisobi,  nazorat va xo‘jalik faoliyati taxlili.

Markaziy bank Samarqand viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i, “Ipoteka-bank” ATIB boshqaruvi raisi, “O‘zsanoatqurilishbank” OATB boshqaruvi raisi sifatida ishlagan. 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Abdurasul Abdullaev

Baholaganlar

78

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing