Xalq banki xodimi 161 kishining plastigidagi pulni o‘zlashtirdi

Jamiyat

image

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Navbahor tuman sudi tomonidan AT Xalq bankining Xatirchi filiali xodimi (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) S.Olimovga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, hukm o‘qildi.

S.Olimov AT Xalq bankining Xatirchi filialining plastik kartochkalar tizimini rivojlantirish sho‘’basi yetakchi mutaxassisi vazifasini bajarib kelib, xizmat mavqeidan foydalanib, o‘ziga tegishli login va parol orqali o‘zganing kompyuter tizimiga davomli ravishda ruxsatsiz kirib, 2016 yil 18 sentyabrdan 2016 yil 14 oktyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, bank mijozi bo‘lgan 28 nafar fuqarolarning duyet plastik kartalarida uzoq muddatdan buyon harakatsiz qoldiqda turgan jami 

1 457 127 so‘m 25 tiyinlik pul mablag‘larini, ularning nomiga boshqa plastik karta biriktirish yo‘li bilan, 2016 yil 27 noyabrdan 2018 yil 24 yanvar kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, o‘ziga tegishli bo‘lgan 

telefon raqamiga ulangan “SLICK” to‘lov tizimi orqali, bank mijozi bo‘lgan 80 nafar fuqarolarning plastik kartalarida uzoq muddatdan buyon harakatsiz qoldiqda turgan jami 14 160 074 so‘mlik pul mablag‘larini o‘zining ixtiyorida turgan fuqarolarning nomiga ochilgan yangi plastik kartalariga o‘tkazish orqali, 2016 yil 30 sentyabrdan 2018 yil 1 avgust kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, bank mijozi bo‘lgan 53 nafar fuqarolarning plastik kartalarida uzoq muddatdan buyon harakatsiz qoldiqda turgan jami 11 809 800 so‘mlik pul mablag‘larini o‘zining ixtiyorida turgan fuqarolarning nomiga ochilgan yangi plastik kartalariga o‘tkazish orqali, jami 161 nafar shaxsning 27 427 100 so‘m 25 tiyin miqdordagi pul mablag‘larini kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Sud tomonidan AT Xalq bankining Xatirchi filialining xodimi S.Olimov O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va uni fuqarolarga yetkazgan 27 427 100 so‘m 25 tiyin miqdordagi zararlarni to‘liq qaytarganligi e’tiborga olinib, unga JKning 45 va 60-moddalarini qo‘llab, 3 yilga muddat mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish hamda oylik ish haqining 30 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 3 yil axloq tuzatish ishlari jazolari tayinlandi.

Avaz Ibodov,
jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining raisi


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xalq banki

Baholaganlar

29

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing