“Xalq banki” filiali sobiq rahbari hamtovoqlari bilan salkam 120 mlnni yeb yuborgani aniqlandi
Jamiyat
−
05 fevral 2021
11863Toshkent viloyatida fuqarolar nomiga iste’mol kreditlari rasmiylashtirib o‘zlashtirgan bank filiali sobiq rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Tergovga qadar tekshiruvda AT “Xalq banki” Do‘stobod filiali sobiq rahbari va boshqalar 2019-2020 yillarda 6 nafar fuqaroning xabarisiz hujjatlarni soxtalashtirib, ularning nomiga jami 119,1 mln so‘m iste’mol kreditlarini rasmiylashtirgani aniqlangan. Ular kredit mablag‘ini ushbu fuqarolar nomiga ochilgan plastik kartalarga o‘tkazish orqali naqdlashtirib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan bank filiali sobiq boshqaruvchisi B.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi va 209-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi