Xalqaro jinoiy sudning yangi rahbari Putin javobgarlikdan qutulib qolmasligini aytdi
Olam
−
21 mart
8291Xalqaro jinoiy sudning yangi prezidenti Tomoko Akane Rossiya rahbari Vladimir Putin Ukrainadagi harbiy jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilishiga ishonch bildirdi. Bu haqda u “Kyodo” axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Akane Xalqaro jinoiy sud oldida turgan qiyinchiliklarni, jumladan, so‘nggi ikki yil ichida hibsga olish uchun order berilgan odamlarni hibsga olishga olib kelgan birorta ham holat bo‘lmaganini tan olgan.
Ammo u intervyusida "osmonning qasosi sekin, lekin aniq" degan Xitoy xalq maqolini keltirgan.
“Rossiyaning noroziligiga qaramay, Akane dalillar va zarurat bor ekan, vaziyat yoki siyosiy kelib chiqishidan qat’i nazar, biz (hibsga olish orderini) chiqarishimiz kerak”, deydi u.
Yaponiya sudyasi Tomoko Akane 2023 yil mart oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravishda deportatsiya qilishda ayblab, hibsga olish orderini imzolagan Xalqaro jinoiy sudning uchta sudyasi qatorida edi. 2024 yil mart oyida u Xalqaro jinoiy sudga rahbar bo‘ldi.
Rossiyada esa Akanega nisbatan bila turib noqonuniy hibsga olish va xorijiy davlat vakiliga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rish moddalari bo‘yicha ish ochilgan. Rossiya Ichki ishlar vazirligi uni qidiruvga bergan.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov mamlakat Xalqaro jinoiy sud qarorini tan olmasligini ta’kidlagan.
LiveBarchasi