Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ukrainaga 15,6 mlrd dollar ajratadi
Olam
−
02 aprel 2023 4044 1 daqiqa
Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ijroiya kengashi Ukraina uchun to‘rt yilga mo‘ljallangan 15,6 milliard dollarlik moliyalashtirish paketini tasdiqladi. Bu haqda “Amerika Ovozi” xabar berdi.
“Mablag‘lar Rossiyaning Ukrainaga davom etayotgan harbiy bostirib kirishi munosabati bilan jami 115 milliard dollarlik xalqaro qo‘llab-quvvatlash paketi doirasida taqdim etiladi”, deyiladi jamg‘arma xabarida.
Yangi kengaytirilgan moliyalashtirish dasturi Ukrainaga zudlik bilan taxminan 2,7 milliard dollar ajratish imkonini beradi.
Bu Rossiya bosqinining boshlanishidan buyon Ukrainaga berilgan eng yirik kredit va faol harbiy mojaroda qatnashayotgan mamlakat uchun jamg‘arma tomonidan tasdiqlangan birinchi yirik yordam paketidir.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 aprel kuni AQSHning Ukrainaga 2,6 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketi e’lon qilinishi mumkin. U jang uchun havo kuzatuvi radarlari, tankga qarshi raketalar va yonilg‘i yuk mashinalarini o‘z ichiga olishi kutilmoqda.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28