Xalqaro terror tashkilotiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik yigit qidiruvga berildi

3-sahifa

image

Xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga borib qo‘shilgan o‘zbekistonlik 23 yoshli yigitga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, 2000 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Sh.X. 15 yoshida onasi va ikki singlisi hamrohligida aylanma yo‘llar orqali O‘zbekistonni tark etgan. Ya’ni ular dastlab Qozog‘iston, Rossiya va Ukraina davlatlari orqali Misrga borgan. So‘ng esa 2015 yilning sentyabr oyida Sh.X. Misrdan Turkiya orqali Suriyaga o‘tgan.

Keyinchalik Sh.X. jangovar harakatlarda qatnashish maqsadida ISHID safiga borib qo‘shilgan. Huquq-tartibot idoralari tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qidiruv e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyadagi “Katibatul Imom al-Buxoriy” xalqaro terrorchilik tashkilotining o‘zbekistonlik yetakchisi jangovar harakatlar vaqtida o‘ldirilgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, 2009-2010 yillarda Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida “Jihodchilar jamoati”ni tashkil qilib, unga boshchilik qilgan hamda qidiruvda bo‘lgan B.U. Suriyadagi jangovar harakatlar chog‘ida halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Suriya qidiruv IShID terrorchilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing