Xalqaro sud Armanistonning Ozarbayjonga qarshi asosiy da’vosini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi
Olam
−
24 aprel 2023
5252Xalqaro sud Armanistonning Ozarbayjonga qarshi asosiy da’vosini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi. Bu haqda bugun, 24 aprel kuni Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, joriy yilning 21 aprelida Ozarbayjon Armaniston tomonidan unga qarshi “Irqiy kamsitishning barcha shakllarini bekor qilish to‘g‘risida”gi konvensiya doirasida ilgari surilgan asosiy da’voga dastlabki e’tirozlarini rasman taqdim etgan.
“Shu munosabat bilan Xalqaro sud Armanistonning asosiy da’vosini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
LiveBarchasi