Xalqaro savdo inqirozga uchragan – Putin

Olam

image

Rossiya xalqaro savdo inqirozi tufayli eksport va importni yangi bozorlarga yo‘naltirmoqda. Bu haqda RF Prezidenti Vladimir Putin bugun, 28 noyabr kuni Qozog‘iston bilan bo‘lib o‘tgan mintaqalararo hamkorlik forumida aytib o‘tdi.

“Qo‘shma transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, savdo va sarmoya almashinuviga to‘sqinlik qilayotgan cheklovlarni olib tashlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu, ayniqsa, xalqaro savdo inqirozga uchragan hozirgi paytda dolzarb. Shuni hisobga olgan holda Rossiya eksport-import operatsiyalarini yangi bozorlarga yo‘naltirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda”, deydi u.

Bundan tashqari, Putin yangi magistral xalqaro yo‘laklar – Sharq-G‘arb va Shimol-Janubni jihozlash va samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.

Rossiya rahbari ikki davlat turli sohalarda, jumladan, yuqori texnologiyali sohalarda hamkorlikda ish olib borish uchun keng istiqbolga ega ekanligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston Vladimir Putin

Baholaganlar

385

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing