Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik ilk bor Misrdan ekstraditsiya qilindi
3-sahifa
−
08 avgust 2023
13673Diniy ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik gumonlanuvchi birinchi marta Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Interpolning Toshkent va Qohiradagi Milliy markaziy byurolarining muvofiqlashtiruvchi chorasi natijasida, jinoyatchining Misr Arab Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilinishi birinchi marta amalga oshirilgan.
Mazkur shaxs Islom universitetida tahsil olish maqsadida Misrga borgan va yashirin yig‘ilishlarda qatnasha boshlagan. Keyinchalik esa diniy ekstremistik oqimga a’zo bo‘lgan. U yerda o‘z tarafdorlarini ko‘paytirish maqsadida fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib etib, Islom diniga qiziquvchi va Qohiraga o‘qish uchun kelganlar orasida targ‘ibot ishlarini olib borgan. Shu bois unga nisbatan ayb e’lon qilinib, xalqaro qidiruvga berilgan.
Kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi Misrda yashiringan va tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qo‘lga olingan. Interpolning Toshkent va Qohiradagi Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi harakatlari bilan jinoyatchi Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.
LiveBarchasi