Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik “qo‘shmachi” ayol ushlandi

3-sahifa

image

Odam savdosi jinoyatida gumonlanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Maskatdan Toshkentga olib kelindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ummon sultonligi tomonidan odam savdosi jinoyatini sodir etganligi uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi IIV Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirilgan.

Qidiruvdagi ayol 2022 yilda bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, BAA va Ummonda yaxshi maoshli ish va go‘zal hayotni va’da qilib, qizlarni chet elga olib ketgan va u yerda sheriklari bilan jabrlanuvchilarning pasportlarini olib qo‘yib, ularni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan.

Aytilishicha, jinoyatchini qo‘lga olish hamda O‘zbekistonga ekstraditsiyasini ta’minlash Toshkent va Markaziy Interpol Milliy markazi byurolari o‘rtasidagi hamkorlik, tezkor-axborot almashinuvi tufayli amalga oshirilgan.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xalqaro qidiruv qo'shmachi ayol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing