Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga 2 mlrd dan ziyod pul mukofoti berildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy o‘quv yilida xalqaro fan olimpiadalaridagi g‘oliblik uchun 2 milliard 686 million so‘m pul mukofoti berildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu o‘quv davrida xalqaro olimpiadalarda 2 ta oltin, 1 ta kumush va 10 ta bronza, jami 13 ta medal qo‘lga kiritilgan.

Qarorga muvofiq, oltin medal olgan o‘quvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari (165 million so‘m), ustozlariga esa 450 baravari (148,5 million so‘m)da pul mukofoti beriladi. Kumush medal uchun o‘quvchi BHMning 300 baravari (99 million so‘m), ustozi esa 250 baravar (82,5 million so‘m) miqdorida taqdirlanadi. 

Shuningdek, bronza medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 million so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 million so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilab qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

pul mukofoti Xalqaro fan olimpiadasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing