Xakerlar dunyodagi eng yirik parollar menejerini buzib kirdi
Texnologiya
−
243 2 daqiqa
Dunyodagi eng yirik parollarni boşqariş menejeri – 1Password xakerlik hujumiga uçradi. Bu haqda platformani işlab çiquvçi kompaniya ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, buzib kiriş holati joriy yilning 19 noyabr kuni aniqlangan. Xakerlar xodimlardan birining GitHub’dagi korporativ akkauntiga kiriş huquqini qölga kiritgan va uning yordamida içki xizmatlarga zararli kod joylaştirgan. Oqibatda jinoyatçilar foydalanuvçilarning hisob qaydnomalariga oid ma’lumotlarning bir qismiga, xususan, tizimga kiriş uçun zarur bölgan ismlar va elektron poçta manzillariga ega bölgan.
Kompaniya parollar saqlanadigan asosiy omborning özi buzilmaganini alohida ta’kidlagan. 1Password uşbu hodisa qança foydalanuvçiga ta’sir qilganiga aniqlik kiritmagan. Buzilgan GitHub akkaunti bloklangan. Şuningdek, platforma taklifnoma xatlari va kirişni tiklaş xatlarida qöllaniladigan kodlar uzunligini oltitadan önta belgigaça oşirgan. Foydalanuvçilarga göyoki 1Password nomidan yuboriladigan fişing hujumlaridan – elektron xatlar yoki SMS-xabarnomalardan ehtiyot böliş tavsiya etilgan.
Kompaniya, şuningdek, platforma parol yoki maxfiy kalitni söraş uçun heç qaçon mijozlar bilan boğlanmasligini eslatib ötgan. Sodir bölgan voqea munosabati bilan heç qanday yangilanişlar rejalaştirilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Federal qidiruv byurosi mamlakat böylab huquqni muhofaza qiluvçi organlar foydalanadigan jinoyatçilikka oid ma’lumotlar bazasiga xakerlar kirgan bölişi mumkinligini tekşirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi