XAEA delegatsiyasi Toshkentga keldi

Jamiyat

image

Bugun, 19 avgust kuni Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori o‘rinbosari – Yadro energiyasi departamenti rahbari Mixail Chudakov rahbarligidagi delegatsiya Toshkentga keldi.

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, tashrif dasturiga Energetika vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va “O‘zatom” agentligi rahbariyati bilan muzokarlar o‘tkazish kiritilgan.

Mixail Chudakov “Moskva muhandislik-fizika instituti” milliy tadqiqot yadroviy universitetining Toshkent filiali o‘qituvchi va talabalari bilan uchrashadi va ularning oldida dunyoda atom energiyasi rivojlanishi to‘g‘risida ma’ruza bilan chiqish qiladi.

Bundan taqshari, Mixail Chudakov Samarqand davlat universiteti va O‘zbekiston Atom texnologiyalari axborot markazida bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

XAEA Mixail Chudakov atom

Baholaganlar

9

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing