Grossi O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image
Grossi Kursk atom elektr stansiyasiga bordi north_east

Grossi Kursk atom elektr stansiyasiga bordi

Kecha, 17 sentyabr kuni Avstriya poytaxti Vena shahrida “O‘zatom” agentligi direktori Azim Ahmedxo‘jayev va Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zatom” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirishning  muhim jihatlari, jumladan, “O‘zatom” agentligini qayta tashkil etish va kam quvvatli atom elektr stansiyasini (KQAES) qurish loyihasi muhokama qilingan.

“Loyiha bo‘yicha dastlabki ishlar “Rosatom” davlat korporatsiyasi bilan hamkorlikda va XAEA tavsiyalariga to‘liq amal qilgan holda boshlandi. Loyihaning xalqaro xavfsizlik standartlariga muvofiqligini ta’minlash uch tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, XAEA bilan birgalikda yadro texnologiyalari, jumladan kichik modulli reaktorlarga bag‘ishlangan qo‘shma tadbirlar o‘tkazish rejalari ko‘rib chiqilgan.

“Uchrashuvlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida XAEA Bosh direktorining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifiga faol tayyorgarlik ko‘rilmoqda. XAEA va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarga qat’iy amal qilgan holda atom energetikasini rivojlantirish va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi”, deyiladi agentlik xabarida.

Ma’lumot uchun, 2024 yil 27 mayda imzolangan shartnoma Rossiya loyihasi bo‘yicha O‘zbekistonning Jizzax viloyatida umumiy quvvati 330 MVt (har biri 55 MVt 6 ta reaktor) bo‘lgan atom elektr stansiyasini qurishni nazarda tutadi. “Atomstroyeksport” OAJ (Rosatom davlat korporatsiyasining muhandislik bo‘limi) stansiya qurilishi bo‘yicha bosh pudratchi hisoblanadi, shuningdek, qurilishda mahalliy kompaniyalar ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zatom” agentligi huzuridagi “Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi” davlat korxonasi va “Atomstroyeksport” AJ (ASE AJ, “Rosatom” davlat korporatsiyasining muhandislik bo‘limi) o‘rtasida bo‘lajak kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilish maydonchasida ishlarni boshlash to‘g‘risida protokol imzolangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

XAEA “O'zatom” Grossi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing