Vazirlik Mirzamahmudovning ishdan ketishi bilan bog‘liq chigallikka izoh berdi

Jamiyat

image

Bugun, 5 noyabr kuni 2018 yil iyunidan “O‘zatom” agentligini boshqarib kelayotgan Jo‘rabek Mirzamahmudovning lavozimdan ketgani haqida xabar berilgan edi.

Keyinchalik Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Jo‘rabek Mirzamahmudov “O‘zatom” agentligi direktori lavozimidan ozod qilinmagan.       

“Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudovning “O‘zatom” agentligi direktori lavozimidan ozod qilingani to‘g‘risida yanglish va bir tomonlama ma’lumotlar tarqatildi. 

Ta’kidlash joizki, Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 noyabrdagi PQ-4876 sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi o‘rinbosari – “O‘zatom”agentligi bosh direktori lavozimidan ozod etilgan. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4142- son qarori 2-bandiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 noyabrdagi PQ-4875 sonli qarori bilan “Vazirning birinchi o‘rinbosari – “O‘zatom”agentligi bosh direktori blokidan ”O‘zatom”agentligi bosh direktori so‘zlari chiqarib tashlangani bilan bog‘liq”, deyiladi vazirlik Matbuot xizmati bergan xabarda.

Shu bilan birga Jo‘rabek Mirzamahmudov “O‘zatom” agentligining bosh direktori va “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi lavozimlarida o‘z faoliyatini davom ettirayotgani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Jo'rabek Mirzamahmudov “O'zatom”

Baholaganlar

265

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing