Habib endi sport zalida ko‘p vaqt o‘tkazmaydi – Maxachev

Sport

image
0:00
0:00
download

Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islom Maxachev avstraliyalik Aleks Volkanovski bilan chempionlik jangi oldidan Habib Nurmuhammedovsiz mashg‘ulotlar haqida gapirdi. Bu haqda jurnalist Karlosu Legaspi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

“Biz uni juda sog‘indik. Habib endi sport zalida ko‘p vaqt o‘tkazmaydi. U ko‘p sayohat qiladi, biznesi va oilasi bor. Ammo ba’zida u oldimizga kelib turadi, menga maslahat beradi. Xabib bilan birgalikda tuzgan rejalarimiz bor, lekin hozir u oilasi bilan vaqt o‘tkazmoqda”, deydi Maxachev.

Ma’lumot uchun, 12 fevralga o‘tar kechasi Avstraliyaning Pert shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 284 turnirida Islom Maxachev va Aleks Volkanovski o‘rtasidagi chempionlik jangi bo‘lib o‘tadi.

Islom Maxachev UFC'da 24 ta jang o‘tkazib, 23 ta g‘alabaga erishgan. Aleks Volkanovski esa 26 ta jangda 25 ta g‘alaba qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Maxachev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing