X Braziliyadan “quvildi”
Olam
−
21 Sentabr
2539X ijtimoiy tarmog‘i Braziliya Oliy sudi sudyasi Aleksandr de Moraes tomonidan bosim o‘tkazishga urinishlar sababli mamlakatdagi ofisini yopayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Forbes” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, de Moraes Braziliyadagi kompaniya vakiliga agar X “senzura buyrug‘i”ni bajarmasa, hibsga olish bilan tahdid qilgan.
“Xodimlarimiz xavfsizligini ta’minlash uchun biz Braziliyadagi faoliyatimizni darhol to‘xtatishga qaror qildik”, deydi kompaniya.
Ijtimoiy tarmoqqa ko‘ra, X bundan keyin ham mamlakat aholisi uchun mavjud bo‘ladi.
Joriy yilning 14 avgust kuni X Moraesdan bir nechta mashhur braziliyalik akkauntlarga oid talablar, jumladan, ro‘yxatdan o‘tish paytida ko‘rsatilgan ushbu foydalanuvchilarning ma’lumotlarini rasmiylarga taqdim etish bo‘yicha xatlar olganini xabar qilgan. Tarmoq ushbu masala bo‘yicha Oliy sudga bir necha bor murojaat qilganini, ammo ular ko‘rib chiqilmaganini hamda Braziliya jamoatchiligi bu buyruqlar haqida xabardor qilinmaganini aytgan.
Ma’lumot uchun, avgust oyi boshida Venesuela hukumati X’ning mamlakatdagi faoliyatini 10 kunga to‘xtatib qo‘ygan edi. Tegishli farmonni mamlakat Prezidenti Nikolas Maduro imzolagan.
“X ijtimoiy tarmog‘ining egasi Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ining barcha me’yorlarini buzib, nafrat, fashizm, fuqarolar urushi, o‘lim, venesuelaliklar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni tarqatib, Venesuelaning barcha qonunlarini buzdi”, degan edi Maduro.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliyada X bloklangani, undan foydalanganlar jarima to‘lashi haqida xabar qilingandi.
LiveBarchasi