X HAMAS bilan bog‘liq akkauntlarni o‘chirdi
Texnologiya
−
10 Oktabr 2023
7861X ijtimoiy tarmog‘i Isroil-Falastin mojarosining keskinlashuvi fonida Falastinning HAMAS harakati bilan bog‘liq ko‘plab yangi akkauntlarni o‘chirib tashladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq xavfsizlik xizmatiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, Ilon Maskga tegishli X ijtimoiy tarmog‘i Falastinning HAMAS harakati bilan bog‘liq yaqinda yaratilgan akkauntlarni o‘chirgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq tajovuzkor so‘z va hayratlanarli tasvirlarni o‘z ichiga olgan o‘n minglab xabarlarga qarshi allaqachon chora ko‘rgan.
Bildirilishicha, Isroil va Falastin o‘rtasida boshlangan qurolli to‘qnashuvlar xalqaro kiberurushni keltirib chiqargan. Xususan, Hindistonlik xakerlar Isroil tomonida kiber urush olib bormoqda. Rossiyaning Killnet xakerlar guruhi esa Isroilning barcha hukumat tizimlariga hujum qilish niyati borligi haqida bayonot bergan.
Sobiq Twitter ijtimoiy tarmog‘i akkauntlarni o‘chirish va xabarlarni kuzatish ishlarini boshlaganiga shularni sabab qilib keltirgan.
“X terroristik xarakterga ega materiallar tarqalishining oldini olishga harakat qilyapti”, deyiladi bayonotda.
Xavfsizlik xizmatining ma’lum qilishicha, platforma Isroilga qarshi xabarlarni faol ravishda kuzatishda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask “katta urush harakati”ga sherik bo‘lmaslik uchun Kiyevga o‘zining Starlink aloqa tarmog‘iga kirishga ruxsat bermagandi.