Keyt Middlton saratonga chalinganidan so‘ng birinchi marta ko‘rinish berdi
Olam
−
15 iyun
11404Saraton kasalligiga qarshi davolanayotgan 42 yoshli Uels malikasi Keyt Middlton bugun, 15 iyun kuni omma oldida ko‘rinish berdi. Bu haqda Kensington saroyi ma’lum qildi.
Shahzoda Uilyamning rafiqasi bo‘lmish Middlton qirol Charlz III ning tug‘ilgan kunini nishonlash marosimida ishtirok etish davomida Bukingem saroyi balkonida chiqish qildi.
Keyt qirollik oilasining boshqa a’zolari hamda 10 yoshli shahzoda Jorj, 9 yoshli malika Sharlotta va 6 yoshli shahzoda Lui bilan parad maydoni yonidagi binodan marosimni tomosha qilish uchun saroy atrofi bo‘ylab aravada sayohat qilgan.
Ma’lumot uchun, malika Keyt 2023 yilning oxirida ahvoli og‘irlashib, kasalxonaga yotqizilgan. 2024 yil yanvar oyida Keyt Middltonning qorin bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng o‘tkazilgan testlar davomida ushbu kasallik aniqlangan. Yanvar oyida qorin bo‘shlig‘ida operatsiya qilinganidan beri Keyt omma oldida ko‘rinmadi, bu esa ko‘plab mish-mishlarni keltirib chiqardi. 10 mart kuni u eri va bolalari bilan tushgan suratini tarqatdi, biroq fotoagentliklar raqamli manipulyatsiya belgilarini topgach, tez orada uni qaytarib olishdi. Ertasi kuni malika suratni tahrir qilishga uringanini ma’lum qildi va tushunmovchilik uchun uzr so‘radi.
LiveBarchasi