Keyingi yil Rossiyada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi – Peskov
Olam
−
24 aprel 2023
80462024 yilda Rossiyada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Har qanday saylov, ayniqsa, davlat rahbari saylovi nihoyatda muhim. Federal Majlisga o‘zining yillik murojaatini yo‘llab, Prezident ham munitsipal, ham prezident saylovlarga munosabatini bildirdi. Shuning uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi”, deydi Peskov ularga tayyorgarlik ko‘rishini ta’kidlab.
Fevral oyidagi murojaatida Putin sentyabrda mahalliy va mintaqaviy saylovlar hamda 2024 yilgi prezidentlik saylovlari qat’iy qonunchilik asosida o‘tkazilishini aytgan edi.
Shu bilan birga, Peskov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti sayloviga bosim va aralashishga urinishlar jahondagi vaziyat fonida yanada kuchayishini ta’kidlagan.
LiveBarchasi