Keyingi hafta qanday ob-havo bilan boshlanishi aytildi

Bu qiziq

image

Keyingi haftaning ilk kunlarida Respublikaning ba’zi hududlarida yog‘ingarchilik hamda chang-to‘zonli havo bilan o‘tadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 oktyabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. 24 oktyabrda esa kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. 25 oktyabr sanasida kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 17-22 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. 23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 24-25 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 oktyabrda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 24 oktyabrda esa kechasi 3-8 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. 25 oktyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 24-25 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 23 oktyabrda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 23 oktyabrda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 24 oktyabrda esa kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti. 25 oktyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 19-24 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 24-25 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi. 24-25 oktyabrda kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 24-25 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 oktyabrda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 24 oktyabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. 25 oktyabrda esa kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 24-25 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 oktyabrda kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq, 24 oktyabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi esa 7-12 daraja iliq bo‘ladi. 25 oktyabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing