Keskin kamayish: 13 mart kuni necha kishi hasharga chiqqani ochiqlandi

Jamiyat 6536
image

Kecha, 13 mart kuni O‘zbekistonda o‘tkazilgan hashar tadbirlari davomida 8 340 924 nafar fuqaro, jumladan, 4 718 280 nafar yoshlar faol ishtirok etdi. Bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xabar berdi.

Umumiy hisobda 11 788 km ariq va zovurlar tozalanib, 9 070 ta qabriston, 638 ta ziyoratgohlar obodonlashtirildi.

Hashar tadbirlari davomida yurtimizdagi ehtiyojmand aholi qatlamlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida 5 768 ta oilalarning uy-joylari ta’mirlab berildi, 12 755 ta ehtiyojmand oilalar, xususan, 4 392 nafar nogiron va yolg‘iz qariyalarga 2 mlrd 157 mln 220 ming so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi. 

Ma’lumot uchun, 2020 yilda o‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharida 16 million kishi qatnashgandi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 351
Reyting: 3
Teglar
t
×