Kelinoyisiga 16 marta pichoq urgan yigit uzoq muddatga qamaldi
Jamiyat
−
12 fevral 2019
14957Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama bo‘lgan qayni ukasi tomonidan 16 marta pichoq urilgan homilador ayolning sud jarayoni yakuniga yetdi.
Bugun, 12 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi binosida 21 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi. U Jinoyat Kodeksining bir qator moddalari bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Ta’kidlash joizki, ayol ushbu mudhish voqeadan so‘ng tirik qoldi. Ayol besh soatlik jarrohlik amaliyoti ayolni hayotga qaytardi, mo‘’jiza bilan ona ham homila ham saqlab qolingan. Shu kunlarda ayol farzandini dunyoga keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi pichoqlangan ayolni o‘z himoyasiga olgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi