Kelesga eltuvchi asosiy yo‘l ertadan noma’lum muddatga yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Toshkent tumani avtomobil yo‘llarida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari munosabati bilan, tuman hokimining qaroriga asosan 27 oktyabr 00:00 dan boshlab ta’mirlash ishlari tugaguniga qadar (4R-4 "Toshkent sh. - Keles sh. - Qozoqkentsoy q. - M39 avtoyo‘li 820 km" avtomobil yo‘lining 0-2 kilometrlari) Keles ko‘prigidan 9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi oldigacha bo‘lgan qismida transport vositalari harakati vaqtinchalik to‘liq to‘xtatiladi.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda harakatlanadigan avtomototransport vositalarining harakati vaqtinchalik tumanning Hasanboy qishlog‘i hududidan o‘tgan 4N-699 hamda M.Fozilov jamoa xo‘jaligi hududidan o‘tgan 4R-4 avtomobil yo‘llari orqali 4K-708a avtomobil yo‘li orqali tashkil etiladi (suratda yashil rangda).

"Hurmatli fuqarolar! YPX inspektorlari tomonidan ko‘rsatiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga, tartib intizom saqlab, harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shing", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

yo'l ko'cha

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing