Kelasi yildan 15 yoshgacha bolalar va homiladorlarga 7 turdagi vitaminlar bepul beriladi

Jamiyat

image

Kelasi yildan boshlab O‘zbekistonda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va homilador ayollarga 7 turdagi vitaminlar, bolalarga parazitar kasalliklar uchun dori vositalarini bepul tarqatish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida ma’lum qildi. 

Prezidentga ko‘ra, bu jarayon bilan 2021 yilda 11 million nafar, 2022 yilda 17 million nafar aholi qamrab olinib, bu ishlarga 100 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi va keyingi 5 yilda kamqonlikning 25 foizga kamayishiga erishiladi.

Shuningdek, birlamchi bo‘g‘inda umumiy amaliyot shifokori o‘rniga oilaviy shifokor va unga 5 ta yordamchi-hamshiradan iborat “tibbiy brigadalar” tashkil qilinadi. 

Qolaversa, hududiy shifoxonalarda endokrin xirurgiya, diabetik to‘piq, diabetik nefropatiya va reanimatsiya bo‘limlari tashkil etiladi va byudjetdan 150 milliard so‘m ajratiladi. 

Kelgusi yilda yangi 315 ta oilaviy shifokor punkti va 85 ta oilaviy poliklinika ishga tushiriladi.

“Qishloq shifokori” dasturiga ko‘ra, olis hududlarda 1 mingdan ortiq shifokorlarga 30 million so‘mlik yordam puli beriladi va ular xizmat uylari bilan ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

250

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing