Kelasi yilda Tramp va Putin uchrashadi – WP

Olam

image

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin kelasi yili Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilish uchun uchrashadi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, ikki yetakchining uchrashuvi Moskva va Kiyev o‘rtasidagi mojaroni hal qilishga bag‘ishlanadi. Qayd etilishicha, Moskva murosaga kelishga tayyor emas, chunki jang maydonidagi vaziyat uning foydasiga rivojlanib boryapti.

Qolaversa, nashrda Kreml Trampning Ukraina bo‘yicha tezkor kelishuvga erishish istagiga qaramay, muzokaralarni uzoq davom etadigan jarayonga aylantirishga intilayotgani ham ta’kidlangan.

“Aslida, bu Tramp-Putin sammiti dunyoni ta’sir doiralariga bo‘lib, Rossiyaning Ukraina, Gruziya va NATOga a’zo bo‘lmagan sobiq sovet  qo‘shnilari ustidan Rossiya ustunligini kafolatlashini anglatadi”, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, gazetaning ta’kidlashicha, tomonlar “Putinning mukammal pozitsiyasi” va Trampning “zaif ko‘rinish” qo‘rquvi tufayli kelishuvga erisha olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, WP joriy yilning 7 noyabr kuni AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan norasmiy telefon muloqoti o‘tkazgani va suhbat chog‘ida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi mavzusini ko‘targani haqida yozgan edi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Tramp va Putin telefon orqali muloqot qilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Moskva Tramp Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing