Kelasi haftada Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralar qayta boshlanadi

Olam

image

Kelasi haftada HAMAS va Isroil rasmiylari o‘rtasida G‘azo sektoridagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha kelishuv tuzish uchun bilvosita muzokaralar tiklanishi kutilmoqda. Bu haqda ismi oshkor etilmagan mansabdor shaxsga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror Isroil razvedka xizmati “Mossad” rahbari Devid Barnea, Qatar Bosh vaziri – Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy va AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Byorns bilan Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng qabul qilingan.

“Uchrashuv yakunida vositachilar Misr va Qatar tomonidan ilgari surilgan yangi takliflar va AQSHning faol ishtiroki asosida kelasi hafta muzokaralar boshlanishiga qaror qilindi”, deya rasmiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.

Avvalroq “Axios” portali muxbiri Barak Ravid ismini oshkor etmagan amerikalik mulozimga tayanib, AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari, “Mossad” rahbari va Qatar Bosh vaziri 24 may kuni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish istiqbollarini muhokama qilish uchun Parijda uchrashuv o‘tkazishi haqida xabar bergan edi.

“Byorns Misrdagi hamkasbi bilan ham aloqaga chiqib, HAMAS bilan yangi kelishuvga erishish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda”, deydi manba.


Byorns G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish maqsadida Isroil va HAMAS bilan aloqalarda AQSH tomonidan eng faol ishtirok etadi. Markaziy razvedka boshqarmasi va “Mossad” rahbarlari so‘nggi oylarda bunday uchrashuvlarni bir necha bor o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing