O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 150 mingga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Kecha, 10 aprel kuni Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 40 359 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 148 642 nafarga yetdi. 

10 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha Farg‘ona viloyatida rekord qayd etilib, bir kunning o‘zida 10 ming nafardan ortiq fuqaro (10 868 nafar) emlandi.  

E’tiborli jihati shuki, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida koronavirusga qarshi emlangan jami aholi 15 ming nafardan oshib, 20 ming nafarga yaqinlashdi. 

Emlash jarayonlari davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing