Kazemiro tishidagi muammo sabab Braziliyaga yordam berolmaydi
Sport
−
06 Oktabr 2021 2909 1 daqiqa
“Real Madrid” yarim himoyachisi Kazemiro 2022 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Braziliyaga yordam bera olmaydi. Bu haqda Braziliya Futbol Konfederatsiyasi (CBF) xabar berdi.
“Biz tibbiy ko‘rikdan keyingi ma’lumotlarni ko‘rib chiqdik. Kazemironing aql tishi yallig‘langan. Futbolchiga kelgusi besh kun ichida stresssiz harakat qilish tavsiya qilindi”, deydi Braziliya terma jamoasi shifokori Rodrigo Lasmar.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2022 saralashi doirasida Braziliya terma jamoasi joriy yilning 8 oktyabr kuni Venesuela, 11 oktyabrda Kolumbiya, 15 oktyabrda esa Urugvay terma jamoasi bilan bahs olib boradi. Hozirda, Tite shogirdlari 8 o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan holda 1-o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, Kazemiro 2021-2022 yilgi mavsumda Ispaniya La ligasining 7 o‘yinida maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025