Kazemiro faoliyati davomida familiyasi noto‘g‘ri yozilgan formada o‘ynaganini ma’lum qildi

Sport

−

image

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Karlos Kazemiro libosidagi familiyasi noto‘g‘ri yozilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Football Focus” xabar berdi.

“Mening to‘liq ismim Karlos Enrike Kazimiro – “i” orqali yoziladi. San-Paulu klubidagilar xato qilib, “ye” yozib qo‘ygan. O‘sha payt zo‘r o‘ynagandim, irim qilib hammasi shu holatda qolaversin, deb aytgandim”, deydi futbolchi. 

Ma’lumot uchun, braziliyalik futbolchi faoliyati davomida “San-Paulu”, “Portu” va “Real” kabi jamoalarda to‘p tepgan. U terma jamoa safida Amerika kubogida zafar quchgan.

Joriy mavsudam Kazemiro APLda 17 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing