Kavasaki sindromini kashf etgan olim 96 yoshida vafot etdi
Salomatlik
−
10 iyun 2020
6347Pediatr Tomisaku Kavasaki Yaponiyada 96 yoshida vafot etdi. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, shifokor uning keksayganligi bilan bog‘liq tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Kavasaki 1967 yilda birinchi marta bolalarning yallig‘lanish sindromini tasvirlab bergan edi. Keyinchalik ushbu sindrom uning sharafiga nomlandi. Ushbu sindrom butun inson tanasining qon tomirlariga yallig‘lanish shikastlanishi bilan tavsiflanadi.
Joriy yilning may oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa va Shimoliy Amerikada bolalarda Kavasaki sindromining ba’zi belgilariga o‘xshash holatlar aniqlanganligini ma’lum qildi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bolalarda bunday alomatlar koronavirusning yengil shakli bo‘lganidan keyin paydo bo‘lishi mumkin.
Avvalroq, Janubiy koreyalik shifokorlar mamlakatdagi bolalarda Kavasaki sindromining ikkita holatini tasdiqlashgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi