Bugun Ronaldu yetakchiligidagi “Al-Nasr” OCHL finali uchun kurashadi

Sport

image

Bugun, 30 aprel kuni Osiyo Chempionlar ligasi yarim finali doirasida Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi Yaponiyaning “Kavasaki” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Saudiya Pro ligasida chempionlik poygasidan allaqachon chiqib ketgan “Al-Nasr” bor e’tiborini Osiyo Chempionlar ligasiga qaratgan. “Kavasaki” esa joriy mavsum Yaponiya chempionatida 13 turdan keyin 18 ochko jamg‘argan holda 8-pog‘onani qayd etib kelmoqda.

Krishtianu Ronaldu uchun ham muhim o‘yin. Chunki u “Al-Nasr”ga kelganidan keyin OCHL chempionligiga har doimgidan ko‘ra yaqinroq turibdi.

Qayd etish joiz, kecha, 29 aprel kuni ushbu turnir yarim finalining ilk o‘yinida “Al-Hilol” “Al-Ahli”ga qarshi o‘ynadi va 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Ma’lumot o‘rnida, “Al-Nasr”- “Kavasaki” o‘rtasidagi o‘yin bugun, 30 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Kavasaki Al-Nasr Osiyo Chempionlar ligasi yarim final

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing