Kavani va De Xea MYUni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Sport

image

Kecha, 27 dekabr kuni APLning 19-turi doirasida “Nyukasl” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Mezbonlar birinchi bo‘lib raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. Gol Sen-Maksimen tomonidan kiritildi. Ikkinchi taymning 71-daqiqasida Edinson Kavani hisobni tenglashtirdi.

Ushbu bahsda “Nyukasl” g‘alaba qozonishi mumkin edi. Biroq David De Xeaning ishonchli o‘yini bunga imkon bermadi.

“Nyukasl” 1:1 “Manchester Yunayted” 

Gollar: Sen-Maksimen, 7’ – Kavani, 71’

“Nyukasl”: Dubravka, Mankilo, Sher, Lassels, Kraft, Freyzer (Almiron. 74’), Shelvi, Longstaff, Sen-Maksimen (Geyl. 83’), Uilson (Merfi. 45+6’), Joelinton.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Dalot, Varan, Maguayr, Aleks Telles, Maktominey (Matich. 78’), Fred (Sancho. 46’), Grinvud (Kavani. 46’), Fernandesh, Ronaldu, Rashford.

Ma’lumot uchun, 19-turdan keyin “Nyukasl” 11 ochko bilan 19-o‘rinda, “Manchester Yunayted” esa 28 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted N'yukasl Edinson Kavani Sen-Maksimen

Baholaganlar

23

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing