“Katyusha“ sabab Ukraina Turkiyani sayyohlarsiz qoldirish bilan tahdid qildi

Olam

image

Turkiya Respublikasining Alanya kurort shahrida G‘alaba kuniga bag‘ishlangan konsert dasturida ukrainalik sayyohlarga “Katyusha“ qo‘shig‘i qo‘yib berildi. Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Andrey Sibixa bundan norozi bo‘lib, ushbu harakat ukrainaliklarga hurmatsizlik deb atadi.

U bu harakatni provokatsion deb atadi. Uning ta’kidlashicha, endi ukrainalik sayyohlar Alaniya kurortiga tashrif buyurishni xohlashmaydi.

“Ukraina sayyohi shundan so‘ng go‘zal Alaniyada dam olishni istamaydimi?“ deb yozadi SibixaTwitter'da.

Shuningdek, u namoyishchilar karantin talablarini buzganliklarini qo‘shimcha qildi. Avvalroq, Ukrainaning sobiq tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Rossiyaning G‘alaba kunini nishonlash huquqiga ega emasligini aytgan edi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 9 may kuni Alaniya shahrida G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan sahnali avtobusda ko‘chma konsert bo‘lib o‘tdi. Besh soat davomida avtobus shahar ko‘chalarida yurib, ko‘ngilli san’atkorlar urush qo‘shiqlarini kuylashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Ikkinchi jahon urushi Ukraina

Baholaganlar

345

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing